02 / IQTIDOR YO‘LI

Har bir bola
iqtidorli.

Milliy merosdan ilhom olamiz.
Zamonaviy texnologiyalar bilan yaratamiz.
Kelajak uchun.

G‘OYA QANDAY JONLANADI?

Gulrux obrazining yo‘li.

To‘rt bosqich.
Bitta yorqin g‘oya.

01 / 04
Gulrux obrazining ijodiy ko‘rinishi
HUNARTECH ISHI

Milliy libos, rang va naqshlardan ilhomlanib, Gulrux obrazi yaratiladi. Har bir detal g‘oyaning bir bo‘lagi.

Bosqichlar obrazning uslublashtirilgan tasviri bilan ko‘rsatilgan.

QIZIQISHDAN MAHORATGA

O‘zingni kashf et.

Har bir yo‘nalishda
yangi imkoniyat.

01

Hunar va obraz

Eskiz, shakl va rang orqali o‘z qahramoningizni tasavvur qiling. Milliy hunardan ilhom olib, yangi obraz yarating.

G‘OYA → ESKIZ
02

3D modellashtirish

Uzunlik, kenglik va balandlik bilan ishlang. Chizmadagi obrazga raqamli muhitda hajm va shakl bering.

ESKIZ → HAJM
03

3D bosma

Modelni bosmaga tayyorlash va qatlamlar orqali buyum yaratish jarayonini o‘rganing.

MODEL → BUYUM
04

Pardozlash

Sirtni tekislash, bo‘yash va nozik bezaklar bilan ishlash. Har bir yakuniy detal obrazga o‘ziga xoslik beradi.

DETAL → MUKAMMALLIK
05

Milliy libos

Atlas, adras va do‘ppi naqshlarini o‘rganing. An’anaviy ranglar uyg‘unligini o‘z ijodingizda qo‘llang.

MEROS → IJOD
06

Robototexnika

Mexanizm, harakat va dasturlash o‘rtasidagi bog‘liqlikni kashf eting. G‘oyaga harakat bag‘ishlang.

BILIM → HARAKAT
Planshet tutgan Zarshid

AN’ANADAN TEXNOLOGIYAGA

Bilim. Hunar.
Kelajak!

Asosiy sahnaga qaytish